
Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi agar ularning jangi amalga oshsa, nigeriyalik nomdor raqibini aniq mag'lub etishiga ishonishini aytdi.
"Men Kamaruning basharasini bejab, buzib qo'yardim. U mendan na kurashda, na grepplingda va na chidamlilikda ustun. Bu yigitcha menga hech narsa qila olmaydi. Uni avvaliga rosa do'pposlayman, keyin esa nokaut qilaman. Bor gap shu", — deya The Ariel Helwani Show ko'rsatuvining jonli efirida Kamaru Usman haqida gapirgan Garri.
Eslatib o'tamiz, Ian 27 aprel kuni UFC on ESPN 66 turnirida braziliyalik Karlos Pratesni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Kamaru esa davogarlar jangida amerikalik Xoakin Baklidan ustun kelgandi.

Top yarim engil vaznlilar UFC Fight Night 269 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi + POSTER
"U hatto yaxshi orzu qilishni ham bilmaydi". Topuriya - Maxachevning uni mag'lub etishi haqida