
Unda ikkinchi o'rta vazn toifasidagi meksikalik mutlaq chempion Saul Alvares super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha kamar sohibi, AQSH vakili Terens Krouford bilan to'qnash keldi.
To'liq 12 raund davom etgan bahsda Krouford hakamlarning yakdil qarori evaziga g'olib bo'ldi.
Jangdan keyin Terensning sobiq raqibi, hamyurtimiz Isroil Madrimov ham amerikalik charm qo'lqop ustasini g'alaba bilan tabrikladi:
"Sen barcha davrlarning eng yaxshi bokschilaridan birisan, tabriklayman Terens Krouford", deb yozgan Madrimov.
Nursulton Ro'ziboev ukasini qo'llab-quvvatlash maqsadida Moskva shahriga etib bordi + VIDEO
Dana Uayt - Makgregorning kelajagi haqida: "Agar yutsa beshta, yutqazsa uchta scenariy bor"