
Video X ijtimoiy tarmog'idagi Netflix Sports akkauntida paydo bo'ldi.
"Tayson, qaytganing bilan tabriklayman. Bilaman, bu ish qo'lingdan keladi. Men qarab turaman. Seni yaxshi ko'raman", - dedi Tayson.
"Rahmat, Mayk. Men ham seni yaxshi ko'raman. Bu afsonaviy. Sen Tayson va men ham Tayson — menga tirik afsona sharafiga ism qo'yishdi va men tirik afsonaga aylandim. Maykdan xabar olish ilhomlantiruvchi va katta sharafdir. Mayk, tez orada ko'rishamiz degan umiddaman. Ketdik!" - deya javob berdi Fyuri.
Fyuri va Mahmudov o'rtasidagi jang bugun Londonning "Tottenxem" klubiga qarashli stadionida bo'lib o'tadi. Jonli efir Netflix’da!
