SportUz.Tv

Stivson UFC bilan shartnoma imzolashi haqida: "Bu er yuzidagi eng buyuk debyut bo'ladi"

14.04.2026 09:18    


Rasmni yuklab olish

Erkin kurash bo'yicha Olimpiya chempioni Geybl Stivson UFC bilan shartnoma imzolagani va 11 iyul kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan Xalqaro janglar haftaligida tashkilotda debyut qilishi haqidagi xabarga izoh berdi.

"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu kurrai zaminimizdagi eng buyuk debyut bo'ladi va men bunga tayyorman. Badanimda kapalaklar uchib, etim jimirlayapti, lekin bularning barchasi o'yinning bir qismi - men UFC’dagi bu katta qadamga tayyorman va qilishim kerak bo'lgan ishni amalga oshiraman", - dedi 25 yoshli amerikalik Paramount nashriga bergan intervyusida.

Stivson, shuningdek, asosiy tadbirda Konor Makgregor oktagonga qaytishi haqidagi malumotni bilvosita tasdiqladi.

"O'ylaymanki, Xalqaro janglar haftaligi juda qiziqarli bo'ladi. Ehtimol, qaytishi muqarrar va aqldan ozdiradigan xedlayner bo'ladi - va siz uni bilasiz!", - deya qo'shimcha qildi og'ir vaznli sportchi.

Hozircha Stivsonning UFC 329 turniridagi debyut jangdagi raqibi kim bo'lishi nomalum, Makgregorning turnirda ishtirok etishi ham hali rasman tasdiqlanmagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: