SportUz.Tv

Paulo Kosta UFC’ni tark etishi mumkin

14.04.2026 10:30    


Rasmni yuklab olish

Mayamidagi UFC 327 turnirida Azamat Murzakanovga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan Paulo Kosta tashkilot bilan amaldagi shartnomasi bo'yicha yana bitta jang o'tkazishi kerak.

Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi shundan so'ng u erkin agent sifatida aralash yakkakurash bozorini sinab ko'rishi mumkin.

"Bu shartnoma bo'yicha bitta jangim qoldi. Ko'ramiz, keyin nima bo'larkin. Menimcha, biz kamar uchun kurashish uchun yaxshi poziciyada turibmiz. UFC allaqachon shartnomani uzaytirmoqchi edi, ammo biz yana bir jang o'tkazib, keyin muzokaralar stoliga o'tirishni o'ylayapmiz. Men UFC`dan juda minnatdorman, lekin bu mening hayotim, shunday emasmi?", - dedi Kosta.

Mag'lubiyatga uchramagan rossiyalikni uchinchi raundda nokautga uchratib, o'rta vazn toifasidan yarim og'ir vazn toifasiga ko'tarilgan Paulo Kosta, agar liga unga qiziqarli janglar taklif qilsa yoki chempionlik uchun jang bersa, divizionda qolishga tayyorligini aytdi. SHuningdek, braziliyalik sportchi o'rta va yarim og'ir vazn toifasida Xamzat CHimaev bilan oktagonni baham ko'rishga tayyorligini bildirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: