
UFC Fight Night 273 oqshomining asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkazildi. Unda braziliyalik Gilbert Byorns kanadalik Mayk Melottga qarshi oktagonga chiqdi. Jangning uchinchi raundida mezbonlar vakili nomdor va tajribali raqibini texnik nokautga uchratdi.
SHu tariqa, Byorns ketma-ket beshinchi, faoliyatidagi o'ninchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni 22 taligicha qoldi. Melott esa bugun MMAdagi 14-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobida 2 mag'lubiyat va 1 durang ham bor. Kanadalik aralash yakkakurash ustasi 4 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda.

CHimaev - Striklend titul jangining hakamlar hujjatidan ko'chirma elon qilindi (FOTO)