SportUz.Tv

Czyu ishtirokidagi jang muddatidan oldin yakunlandi

07.05.2026 12:54    


Rasmni yuklab olish

Avstraliyaning Nyukasl shahrida professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.

Uning asosiy jangida mag'lubiyatga uchramayo kelayotgan avstraliyalik birinchi o'rta vazn toifasi (69,9 kg gacha) vakili Nikita Czyu ispaniyalik Oskar Diasga qarshi ringga ko'tarildi. Oltinchi raundda Czyu raqibini texnik nokautga uchratdi. Yana ham aniqrog'i, Oskar jangni davom ettirishdan bosh tortdi.

Malumot uchun, 28 yoshli Nikita Czyu sobiq mutlaq jahon chempioni Kostya Czyuning o'g'li hisoblanadi. 2022 yilda professional ringda debyut qilgan. Uning hisobida 12 ta g'alaba (10 ta nokaut) bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: