
"Biz angliyalik kuchlioroq, yaxshiroq raqiblarni so'ragandik, lekin ular biz bilan jang qilishni xohlashmadi. O'ylaymanki, bir-ikkita jangdan keyin yaxshi raqiblarni olamiz va chiroyli jang ko'rsatamiz.
Niyatimiz — professional boksda jahon chempioni bo'lish! Men hech qachon raqibdan qochmaganman, har doim kimni berishsa, o'sha bilan jang qilganman. Itauma ham yaxshi, o'zini yaxshi ko'rsatyapti. Nasib qilsa, u bilan hali bir kun ringda to'qnash kelamiz", dedi Jalolov.
Bahodir bugun Manchesterda tashkil etiladigan boks oqshomida xorvatiyalik Argon Smakichiga qarshi ringga ko'tariladi.