SportUz.Tv

Javohir Ummataliev professional boksdagi ikkinchi jangini o'tkazdi

09.05.2026 22:18    


Rasmni yuklab olish

Manchester shahridagi Co-Op Live Arena majmuasida professional boks oqshomi bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi, havaskor boksda amaldagi jahon chempioni Javohir Ummataliev Polsha vakili Damian Drabikka qarshi ringga ko'tarildi.

Super o'rta vazn toifasidagi 6 raundlik bellashuv ikkinchi raundda o'z nihoyasiga etdi. Jangda Javohir raqibini texnik nokaut orqali taslim etdi.

Bu Ummatalievning prof boksdagi ikkinchi jangi edi. U o'zining ilk bahsida ham raqibidan ustun kelgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: