SportUz.Tv

Bahodir Jalolovning Manchesterdagi jangi etti raund davom etdi

09.05.2026 23:24    


Rasmni yuklab olish

Super og'ir vazn toifasidagi o'zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini o'tkazdi.

Hamyurtimiz Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi Co Op Live Arena majmuasida tashkil etilgan prof boks oqshomi doirasida ringga ko'tarildi.

Xorvatiya vakili Agron Smakichiga qarshi kechgan 10 raundlik jangda Jalolov raqibini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Smakichining burchagi sakkizinchi raund avvalida jangni davom ettirishdan bosh tortdi. Referi jangda Bahodirning texnik nokaut orqali g'alaba qozonganini malum qildi.

Bu Jalolovning prof boksdagi o'n sakkizinchi jangida qo'lga kiritgan o'n sakkizinchi g'alabasi bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: