SportUz.Tv

Jalolov va Ummataliev Manchesterdagi g'alabali jangidan keyin Abduqodir Husanov bilan ko'rishishdi (VIDEO)

10.05.2026 13:03    


Rasmni yuklab olish

Kecha Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida yirik professional boks oqshomi bo'lib o'tdi.

Turnirda ikki hamyurtimiz — Bahodir Jalolov va Javohir Ummataliev navbatdagi janglarini o'tkazishdi. Superog'ir vaznli Jalolov xorvatiyalik Agron Smakichini ettinchi raundda texnik nokaut orqali mag'lub etgan bo'lsa, yarim og'ir vazn toifasidagi Javohir Ummataliev polshalik Damian Drabikni ikkinchi raundda nokautga uchratdi.

Janglar yakunida bokschilarimiz futbol bo'yicha "Manchester Siti" klubi sharafini himoya qilayotgan o'zbekistonlik markaziy himoyachi Abduqodir Husanov bilan uchrashishdi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: