SportUz.Tv

Ilhom Nazimovning "Killer"ga qarshi ilk RIZIN chempionlik jangida nokaut qayd etildi

10.05.2026 18:15    


Rasmni yuklab olish

Biroz avval Yaponiyaning Kobe shahridagi Glion Arena majmuasida aralash yakka kurashlar bo'yicha RIZIN 53 turniri yakunlandi.

Oqshomning markaziy jangida engil vazn toifasida RIZIN Ligasining amaldagi chempioni, o'zbekistonlik Ilhom Nazimov oktagonga chiqdi. Hamyurtimizga ilk kamar himoya jangida braziliyalik Luis "Killer" Gustavo raqiblik qildi. Jang kutilmaganda birinchi raundning o'zida Nazimovning chuqur nokautli mag'lubiyati bilan yakunlandi. Gustavo o'ng qo'lda yo'llagan kuchli zarbasi evaziga Nazimovni qulatdi va parterda ketma-ket zarbalar bilan nokautli g'alabasini qo'lga kiritdi. 

SHu tariqa, 31 yoshli Ilhom Nazimov faoliyatidagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalari soni 13 taligicha qoldi. U o'tgan yilning dekabr oyida braziliyalik Roberto de Souzani nokautga uchratib, RIZIN chempioniga aylangandi.

"Killer" laqabli 29 yoshli Luis Gustavo bugun 16-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobida 4 ta mag'lubiyat ham bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: