
Matbuot anjumanida UFC rahbari Dana Uaytning malum qilishicha, oqshomning eng yaxshi chiqishi uchun bonus miqdori 200 ming dollarni tashkil etadi. Uni, odatdagidek, ikki jangchi oladi. Kechaning eng yaxshi jangining ikkala ishtirokchisi ham 300 ming dollar miqdorida bonus oladi.
Eslatib o'tamiz, hozirda eng yaxshi jang va eng yaxshi chiqish uchun bonuslarning standart miqdori 100 ming dollarni tashkil etadi.
