
Temirov yaqinda katta yangilik bo'lishini malum qilgandi.
U hozir Tailandda mashg'ulotlarga kirishgan.
Ramazonning murabbiyi Jasur Alijonov sportuz.tv muxbiri Sarvinoz Raxmonqulova bilan suhbatda Temirovning UFC'dagi keyingi jangi iyul oyida Abu-Dabida bo'lishi, bu bo'yicha muzokaralar ketayotganini malum qilgan edi.
Malumot uchun, 29 yoshli Ramazon Temirov UFC'da 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida raqiblaridan ustun kelgan. O'tgan yili doping sabab bir yilga chetlatilgan edi.
