
Hozircha Mozesning kim bilan jang qilishi malum emas. Biroq uning promouteri Frenk Uorren yilning oxirida mijozining asosiy yo'nalishlardan birida chempionlik kamari uchun jang qilishiga ishonchi komil.
"Agar Mozes 8 avgust kuni g'alaba qozonsa, yil oxirida jahon chempionligi uchun jang qiladi", - dedi Uorren BBC kanaliga bergan intervyusida. - Lourens Okoli doping bilan bog'liq muammoga duch kelgani sababli, Mozes WBC reytingida birinchi o'ringa ko'tarilishi aniq. WBA va WBO reytinglarida esa u hozirda birinchi o'rinda.
Promouter, shuningdek, Itauma yosh bo'lishiga qaramay, chempionlik uchun etilgan deb hisoblaydi. U bilan tanishgan kunimizdan boshlab, unda har doim bu po'lat ildiz mavjud edi, - dedi Uorren. — U o'smirlikdan to hozirgi kunigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi, nafaqat jismonan, balki ruhan ham ulg'aydi. Hozir u hamma narsani o'ylab, fikrini aniq ifodalaydigan vazmin yigit. Agar u shunday davom etsa va biz undan kutayotgan natijalarga erishsa, Mozes nafaqat boks, balki butun Britaniya sportining ramziga aylanadi. U juda aqlli.
Avgust oyidagi jangga kelsak, tez kunda Itaumaning raqibi nomini aytamiz. Bizda bir nechta nomzodlar bor va bir necha hafta ichida qaror qabul qilamiz", - deb vada berdi Uorren.
Eslatib o'tamiz, dastlab Itauma 25 iyul kuni ringga chiqishi kerak edi, ammo shu kuni Entoni Joshuaning jang o'tkazishi malum bo'lgach, Queensberry Promotions u bilan raqobatlashishga urinmaslikka qaror qildi va o'zining boks oqshomini 8 avgustga ko'chirdi.
