SportUz.Tv

Derek CHisora Deontey Uaylder bilan revansh jangi muzokaralarini boshladi

14.05.2026 15:27    


Rasmni yuklab olish

Aprel oyida Deontey Uaylderga qarshi jangdan so'ng faoliyatini yakunlashni rejalashtirgan 42 yoshli Derek CHisor endi mag'lubiyat uchun qasos olmoqchi.

Faxriy bokschining Sky Sports’ga bergan intervyusida aytishicha, u allaqachon revansh jangi bo'yicha muzokaralarni boshlagan.

"Men revansh ustida ishlayapman, - dedi CHisora. — Hali masala hal bo'lgani yo'q: bir-ikkita uchrashuvim bor, shundan keyin ozmi-ko'pmi aniq bo'ladi. Uaylder rozi, chunki u ham natijadan ko'ngli to'lmagan. Ha, u g'alaba qozondi, lekin baribir norozi, shuning uchun biz jangni takrorlamoqchimiz.

CHisoraning so'zlariga ko'ra, bu safar u professional ringga faoliyatida so'nggi marta chiqishi aniq. "Bo'ldi, yil oxirida faoliyatimni yakunlayman", — deb vada berdi CHisora.

Eslatib o'tamiz, 4 aprel kuni Londonda bo'lib o'tgan jangda Deontey Uaylder hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongan edi. Umuman olganda, jangning katta qismi kanatlar yaqinida o'tib, klinchlarga boy bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: