
Oqshom doirasida Olimpiya o'yinlari chempioni Abdumalik Xalokov ham o'z jangini o'tkazadi. Unga o'sha kuni hindistonlik Kumar raqiblik qiladi. Avvalroq Halokov tanzaniyalik Ramadan Iddiga qarshi ringga chiqishi mumkinligi aytilgandi. Bu charm qo'lqop ustamiz uchun prof ringdagi uchinchi jang bo'ladi.
Malumot uchun, turnirning markaziy jangi super engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliev ishtirokida kechadi.
