
Sportchining murabbiyi Jasur Alijonov sportuz.tv nashriga xabar qilganidek, Ramazon Temirov 25 iyul kuni Abu-Dabida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirida ishtirok etadi.
Xorijiy manbalarda tarqalgan xabarlarga ko'ra, Temirov o'sha kuni amerikalik Olden "Kobra" Koria bilan jang qiladi.
Takidlash joiz, aralash yakkakurash ustamiz faoliyati davomida hozirgacha 22 ta jang o'tkazib, 19 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Koria hisobida esa 12 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor. U so'nggi jangini 22 fevral kuni UFC Fight Night: Striklend vs. Ernandes oqshomida amerikalik Luis Gurulega qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
