
Ushbu summa hatto amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriyaning gonoraridan ham ko'proq bo'lishi aytilmoqda. Bu haqda Most Valuable Promotions promouterlik kompaniyasi hammuallifi Jeyk Pol Death Row MMA podkastida Xorxe Masvidal bilan suhbatda malum qildi.
"Aytishim mumkinki, Ronda Rouzi ushbu turnir uchun qancha haq topishini bilaman va bu Iliya Topuriya o'z janglari uchun olayotganidan ancha ko'p", - dedi Pol.
Malumot uchun, aralash yakkakurashlar bo'yicha birinchi Most Valuable Promotions turniri 16 may kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadi.
