
"Albatta, bu rejamda bor. To'g'ri, xonamga uning rasmini osib qo'yib, o'sha kunni kutayotganim yo'q, lekin revansh olish — maqsadlarim ro'yxatida aniq bor.
U ajoyib jangchi, ikki karra Olimpiada chempioni, unga hurmatim baland. Lekin professional boksda vaziyat boshqacha bo'ladi, deb o'ylayman. Bu erda chidamlilik muhim va tabiiyki, qoidalar boshqacha, bu mening foydamga ishlashi mumkin.
Olimpiada finalida mendan uning belidan past qismiga zarba berganim uchun ochko olib tashlashgandi. Uning bo'yi 2 metr atrofida bo'lgani uchun uning belidan pastiga urmaslik qiyin edi. Professional boksda kichikroq qo'lqoplar va uzoqroq davom etadigan raundlar men uchun ustunlik beradi deb hisoblayman", dedi Torres.