
Avvalroq, CHimaevning tez orada yarim og'ir vazn toifasiga ko'tarilishi haqida xabar berilgandi.
"Nega rad etishim kerak? Xamzat — tarixdagi eng yirik nomlardan biri. Xamzat CHimaev bilan oktogonda to'qnash kelish men uchun ajoyib imkoniyat bo'lardi. Reytingda mendan yuqori pog'onani egallab turgan jangchilarga qarshi chiqish men uchun doim qiziq bo'lgan. Bunday imkoniyatdan voz kechadigan darajada ahmoq emasman. Faoliyatimda o'sishga va oldinga qadam tashlashga yordam beradigan har qanday chorlovga hamisha tayyorman", deydi Guskov.
Bogdanning keyingi jangi iyul yoki avgust oyida bo'lib o'tishi kutilmoqda.
