
Nigeriyalik aralash yakkakurash ustasi Islam Maxachev bilan jang o'tkazish istagida ekanini aytgandi.
"Ikkinchi nafas ochilishga yaqin...", - deb yozdi Usman ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida mashg'ulotlardan olingan suratlarni elon qilib.
Malumot uchun, 39 yoshli Kamaru Usman professional aralash jangchi sifatida 2012 yilda debyut qilgan. 2015 yildan beri UFC`da ishtirok etib kelmoqda. 2019 yilda yarim o'rta vazn toifasida chempion bo'ldi, shundan so'ng u beshta muvaffaqiyatli himoyani amalga oshirdi. Uning hisobida dunyoning eng nufuzli tashkilotida jami 16 ta g'alaba va uchta mag'lubiyat bor.


