SportUz.Tv

Riko Verxuven referi qaroridan shikoyat qilish ehtimoli haqidagi savolga javob berdi

24.05.2026 14:21    


Rasmni yuklab olish

Sobiq Glory chempioni Riko Verxuven ukrainalik Aleksandr Usikdan uchragan mag'lubiyatga munosabat bildirdi.

"Ular gongdan keyin jangni to'xtatishdi. Menimcha, biz apellyaciya berishimiz mumkin, chunki buning umuman mantig'i yo'q.

Referi aralashgan paytda menda hech qanday “shok” yoki shunga o'xshash holat yo'q edi. Men shunchaki unga qarab: “Nega to'xtatayotganingni tushunmadim, axir deyarli oxiriga etib kelgandik”, deb o'yladim. Men uchun bu g'alati bo'ldi.

Referi buni tushunishi kerak. Albatta, xatolar bo'ladi, lekin u o'z xatosini tan olishi lozim. Vaziyatni qayta ko'rib chiqib, yo jangni bo'lmagan deb elon qilishi, yoki hakamlar qaydnomasiga murojaat qilishi kerak. Agar ochkolar hisoblanganida, men oldinda edim", — dedi Verxuven Boxing News’ga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: