SportUz.Tv

"Jon deb". Riko Verxuven Usik bilan revansh istagini bildirdi

24.05.2026 19:06    


Rasmni yuklab olish

Sobiq Glory chempioni Riko Verxuven ukrainalik Aleksandr Usik bilan revansh o'tkazishni xohlashini aytdi.

Ularning Misrdagi jangi 11-raundda Usikning nokaut evaziga g'alabasi bilan yakunlangandi.

"Men Usik bilan revanshni mamnuniyat bilan o'tkazardim, ammo bu menga bog'liq emas. Boksning o'z qoidalari bor va men avval bir marta ularni buzganman. Hammasi qanday bo'lishini bilmayman. Usik jangga rozi bo'lgani uchun juda minnatdorman. Usik bilan ringga chiqish men uchun katta sharaf bo'ldi. Men eng kuchlilarga qarshi chiqishni yaxshi ko'raman", — dedi Verxuven The Ring’ga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: