SportUz.Tv

Umar Kremlyov: "XOQda boshqa chora qolmagandi"

08.07.2026 13:21    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro boks associaciyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ning Rossiya Olimpiya qo'mitasi azoligini vaqtincha tiklash qarorini izohladi.

"XOQning cheklovlarni olib tashlash va o'z xatolarini tan olishdan boshqa yo'li qolmagandi. Yangi rahbariyat avvalgi boshqaruvchilarning qarorlarini qayta ko'rib chiqmoqda va noto'g'ri qarorlardan voz kechmoqda. Xalqaro federaciyalar sportchilarni himoya qilishi kerak, shohsupada esa siyosat emas, sportchilar turishi lozim.

Rossiyalik sportchilar jahon arenasiga o'z bayrog'i, o'z madhiyasi va o'z mamlakati nomidan to'liq qaytishi kerak.

Sportchi uchun bayroq va madhiya uning qalbi va ruhidir. Rossiya yirik sport davlati bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Bizning sportchilar mamlakat sharafini himoya qilish huquqi bilan munosib tarzda qaytishi kerak.

IBA XOQ avvalgi xatolaridan to'liq xalos bo'lishini kutmoqda", — dedi Kremlyov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: