SportUz.Tv

Mirafzal Axtamov Nursulton Ro'ziboevning Maykl Peyjga qarshi jangiga taxmin bildirdi

05.09.2026 16:48    


Rasmni yuklab olish

Bellashuv bugun bo'lib o'tadi.

"Maykl Peyj bilan birga shug'ullunganman. O'ylashimcha, Peyj oldinga bormaydi, raqibini o'ziga chorlaydi. Ko'proq oyoq harakatlariga etibor berib, oktagon bo'ylab aktiv harakat qilib, raqibini chaqiradi. Xatolardan foydalanadi. Uch raund jang qilish Peyj uchun foydali bo'ladi, deb o'ylayman. Nursultonga qiyin bo'ladi bu jang. CHunki Maykl bir joyda turib qolmaydi. Fikrimcha, Nursulton oldinga siljimasligi kerak. Jangda o'z taktikasini ishlatishi kerak. Maykl Peyj avval ham "uxlagan". Lima buni uddalagan. Yana uddalasa bo'ladi. Nursulton qarshi hujumda ushlashi mumkin, zarbasi og'ir. Bu jangda imkoniyatlar teng, deb o'ylayman", deydi Axtamov.

Malumot uchun, Ro'ziboevning Peyjga qarshi jangi bugun UFC Paris turniri doirasida o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: