
"Ha, ha, shaxsan tanishman. Men uni ikki-uch marta ko'rganman. Prezident menga biron-bir masalani hal qilishda yordam berganmi? Yo'q-yo'q, yo'q (kulib). Hali bunga etib bormadik", - dedi Rahmonov ALF Global YouTube kanaliga bergan intervyusida.
SHavkat 31 yoshda. Qozog'iston vakili professional aralash yakkakurash jangchisi sifatida 2014 yil oktyabr oyida debyut qilgan. "Nomad"ning rekordida 19 ta g'alaba bor, ulardan 18 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan va birorta ham mag'lubiyat yo'q. SHavkat Rahmonov yarim o'rta vazn toifasida M-1 Global sobiq chempioni bo'lib, bir bor chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Ramazon Temirov Stiv Ercegga qarshi jangga tayyorlanish uchun qancha xarajat qilgandi?