
Har ikki bokschi belgilangan vazn meyorini muvaffaqiyatli bajardi. Garsiyaning vazni roppa-rosa 66 kilogrammni tashkil etdi, Benn esa biroz og'irroq chiqdi — 66,22 kg.
Eslatib o'tamiz, Konor Benn oxirgi marta 2022 yilning bahorida yarim o'rta vazn toifasida ringga chiqqan edi. SHundan so'ng u faqat yuqoriroq vazn limitidagi janglarda ishtirok etdi.
Garsiya va Benn o'rtasidagi jang bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan "Zuffa Boxing" boks oqshomining markaziy voqeasi bo'ladi.
Oqshomning ikkinchi muhim jangida birinchi og'ir vazn toifasida WBC chempioni Noel Mikaelyan va sobiq IBF chempioni Jey Opetaya to'qnash keladi. Vazn o'lchash jarayonida Mikaelyan ushbu vazn toifasi uchun ruxsat etilgan maksimal 90,7 kg vaznni qayd etdi, Opetaya esa biroz zaxira bilan — 90,26 kg tosh bosdi.

Ramazon Temirov Stiv Ercegga qarshi jangga tayyorlanish uchun qancha xarajat qilgandi?