SportUz.Tv

Bibossinov WBO Africa chempioniga qarshi jangda jarohat oldi

14.09.2026 15:18    


Rasmni yuklab olish

Olimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni Saken Bibossinov Ostona shahrida o'tkazilgan IBA Nomad turniridagi jangida barmog'ini sindirib oldi.

"Oxirgi jangimda barmog'imni sindirib oldim. Hatto gipsdagi qo'l bilan ham mashg'ulotlarni to'xtatmayapman. Jarohat — vaqtinchalik. Maqsad esa — abadiy", — deb yozdi Bibossinov o'zining Instagram sahifasida.

Bibossinovning so'nggi jangi 28 avgust kuni Ostona (Qozog'iston) shahridagi Jaksilik Ushkempirov nomidagi yakkakurashlar saroyida bo'lib o'tgandi. IBA Nomad doirasidagi "International Boxing Day" shousida u hakamlarning yakdil qarori bilan WBO Africa chempioni, namibiyalik Immanuel Jozefni mag'lub etgandi.

Malumot uchun, Hasanboy Do'smatovning azaliy raqibi hisoblangan Saken Bibossinov — 2025 yilgi IBA jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori, shuningdek, jahon chempionatlarining kumush (2023) va bronza (2019) medallari hamda Osiyo chempionati (2022) kumush medali sohibi (eng engil vazn toifasida)dir.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: