SportUz.Tv

SHohjahon Ergashev Daniyar Eleusinovni jangga chorladi, Olimpiada chempioni esa bunga javob qaytardi

15.09.2026 13:54    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik bokschi SHohjahon Ergashev (26-2, 23 KO) qozog'istonlik Olimpiya o'yinlari chempioni Daniyar Eleusinov (13-0, 8 KO) bilan jang qilishga tayyorligini malum qildi.

"IBA Nomad ligasidan Olimpiya chempioni Daniyar Eleusinovga qarshi jang qilish taklifi tushdi. Men darhol rozi bo'ldim. Agar u Olimpiya chempioni bo'lsa, demak, men u bilan jang qilaman", — dedi Ergashev.

O'z navbatida Eleusinov Ergashevning chaqiruviga javob qaytardi.

"Avvaliga u menga qarshi jang qilmasligini aytgan edi. Endi esa men ringga chiqolmasligimni bilgan holda gapiryapti... CHunki mening Zuffa bilan shartnomam bor", — deb yozdi Eleusinov Instagram sahifasida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: