
UFC 329 turnirining asosiy jangida Xollouey birinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan edi. Jang Makgregorning oyoq jarohati sababli davom etmagan.
"SHuni aytamanki, jangni to'xtatishni men so'ramaganman. Men uni tugatishni talab qilmaganman. Agar men sen bilan jang qilayotgan bo'lsam va sen hakamga qarab jangni to'xtatishni so'rayotgan bo'lsang, unda jangni kim to'xtatayapti?
To'xtatmang. Jang endi boshlangan edi. Ammo mayli, biz o'z ishimizni qilishda davom etamiz va qasos olish maqsadidan chekinmaymiz", — dedi Makgregor MMA Mania nashriga bergan intervyusida.
Ramazon Temirov Stiv Ercegga qarshi jangga tayyorlanish uchun qancha xarajat qilgandi?