
Jurnalist Daniel Longoning twitter'da xabar berishicha, ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda.
24 yoshli yarim himoyachi so'nggi ikki mavsumni "Arsenal"da ijara asosida o'tkazdi, u bu vaqt davomida 77 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta assist qayd etdi.
Sebalosning "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Dani "Real"ga 2017 yilda "Betis"dan o'tgan edi.

"Tamom. Unga achinaman". UFC jangchisi SHavkat Raxmonovning jarohatiga munosabat bildirdi