
Uning takidlashicha, hamkorlik boshlanganidan bir necha hafta o'tib, Aspinall UFC’dagi ayrim janglaridan ko'proq daromad topishi mumkin.
"Men Tom Aspinallni yaxshi ko'raman. Uni hech qachon ko'klarga ko'tarilmagan. U hech qachon haqiqiy superyulduzlarcha munosabatni his qilmagan. O'ylashimcha, o'tgan hafta u o'zini aynan shunday his qildi.
Bu mashg'ulotlarga ham tasir qiladi, natijalarga ham tasir qiladi va o'zingni qanday tutishingda ham namoyon bo'ladi. Men to'rt-besh kun ichidayoq Tomdagi bu o'zgarishlarni ko'rdim.
Hozir biz Tom Aspinall uchun bir qator kelishuvlar tuzishga yaqinmiz. Tijorat kelishuvlari haqida gapiradigan bo'lsak, UFC jangchilari biz qanday ish qilishimizni tushunishi kerak. Tom Aspinall "Matchroom Talent Agency" bilan ikki haftagacha ishlagan taqdirda ham tijorat shartnomalari orqali UFC’dagi oxirgi janglaridan biri uchun olgan gonoraridan ko'proq pul topadi", — dedi Xirn.
Xirn: "Aspinall men bilan ikki hafta ishlasa, UFC’dagi bitta jangidan ko'proq pul topadi"