SportUz.Tv

Erik Garsiya: "So'nggi paytlarda hakamlarning birorta qarori bizning foydamizga bo'lmayapti"

13.02.2026 13:42    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya Ispaniya Kubogi yarim finalida "Atletiko Madrid"ga qarshi bahsdagi (0:4) mag'lubiyatdan keyin hakamlikni keskin tanqid qildi.

"Ofsayd hatto olti daqiqa ko'rib chiqilganidan keyin ham bahsliligicha qolmoqda… Eshitishimcha, avval VAR ishlamayotgani aytilgan. Keyin rostini aytsam, stop-kadr orqali ham menga hammasi tushunarli bo'lmadi. Yarim avtomatik tizimda bunday holatlar ancha soddaroq bo'lishi kerak edi… So'nggi paytlarda hakamlarning birorta qarori bizning foydamizga bo'lmayapti. Baldega nisbatan qoidalar buzilishi aniq qizil kartochkaga tortardi. Ammo negadir bunday vaziyatlarda qarorlar bizga qarshi juda oson qabul qilinmoqda", — dedi futbolchi AS nashriga.

Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi "Atletiko Madrid" — "Barselona" javob uchrashuvi 3 mart kuni bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: