
Engil vazn toifasi UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arman Rio-de-Janeyroda Hype FC promousheni tomonidan tashkil etilgan greppling qoidalari asosidagi turnirda BRAVE chempioni Muhammad Mokaevni bo'g'ish usuli evaziga mag'lubiyatga uchratgandi.
G'alabadan so'ng Carukyan engil vazn toifasida UFC chempionligini qo'lga kiritish asosiy maqsadi bo'lib qolayotgani, ammo promoushen rahbariyati unga buni bermayotgani, kurash turnirlarida ishtirok etishni davom ettirishga tayyorligini aytdi.
"Bu shunchaki qo'shimcha ish. Maqsadim - UFC chempioni bo'lish. Tez orada UFC va BMF kamarlarini qo'lga kiritaman", - dedi Carukyan.
SHuningdek, Arman Carukyan mashhur jangchi va greppler Dillon Denis va BMF kamarining yangi sohibi CHarlz Oliveyra (u ham kurash texnikasi bilan tanilgan va UFC`da ko'plab g'alabalarga erishgan)ni greppling jangiga chaqirdi.
