
37 yoshli posbon JCH-2026 2-turi doirasidagi Ekvadorga qarshi uchrashuvda (0:0) 15 ta seyvni amalga oshirdi.
Opta malumotiga ko'ra, Kyurasao posboni qo'shimcha vaqtsiz o'tgan o'yinlardagi seyvlar soni bo'yicha (1966 yildan beri statistika yuritiladi) jahon chempionati rekordini o'rnatdi.
Malumot uchun, 2014 yilgi JCHda AQSH darvozaboni Tim Xovard ham Belgiyaga qarshi uchrashuvda 15 ta seyv amalga oshirgan, biroq darvozabon ushbu natijaga qo'shimcha vaqtdagi zarbalar bilan erishgan.
