
"Ish beradi degan umiddaman. Ha, reytinglar dushanba kuni chiqadi. Biz barcha tafsilotlarni elon qilamiz. Ular haqida bilishimiz kerak bo'lgan barcha malumotlar dushanba kuni ochiqlanadi", - dedi UFC rahbari Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.
Avvalroq yangi reyting tizimining mamuri suniy intellekt bo'lishi elon qilingan edi, biroq Uayt jarayon to'liq avtonom bo'lmasligini va odamlar uning bir qismi bo'lib qolishini takidladi.
"Ikkalasi ham bo'ladi. Men avvalgidek ham insoniy, ham insonga bog'liq bo'lmagan omildan foydalanmoqchiman, agar buni shunday atashni istasangiz. Va o'ylaymanki, hech bir variant mukammal bo'lmaydi, lekin bu bizga aniqroq natijaga yaqinlashish imkonini beradi. Dushanba kuni chiqadigan reytinglar, menimcha, ko'proq manoga ega. Ishonchim komilki, shikoyat qiladigan, bahslashadigan va bu adolatsiz va noto'g'ri ekanligini aytadigan ko'plab odamlar topiladi. Birinchi yil tizim qanday ishlashini ko'ramiz", - deya tushuntirdi tashkilot prezidenti.
Ishlab chiquvchilarning fikriga ko'ra, maksimal obektivlikka davo qiladigan yangi reytinglarning asosiy xususiyati shundaki, jangchilarning poziciyalari ovoz beruvchilarning fikri, shaxsiy afzalliklar, subektiv omillar yoki sportchilarning mashhurligi bilan emas, balki faqat oktagondagi yutuqlar bilan belgilanadi.
