SportUz.Tv

Argentinada Lionel Messining dunyodagi eng baland haykali ochildi

21.06.2026 12:18    


Rasmni yuklab olish

Argentinaning Neuken provinciyasidagi Kutral-Ko shahrida Lionel Messining dunyodagi eng baland haykali ochildi.

U ilgari Hindistonda o'rnatilgan yodgorlikdan o'zib ketdi, deb xabar bermoqda Ole nashri.

Ish muallifi mahalliy haykaltarosh Aldo Beroisa bo'ldi. Monumentning balandligi 26 metrni tashkil etadi. Bu monument Messiga bag'ishlab Hindistonda o'rnatilgan 21 metrli haykaldan balandroqdir.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Messi JCH-2026dagi gollari evaziga Jahon chempionatlaridagi gollar soni bo'yicha Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Klozega etib olgani xabar qilingandi — endilikda futbolchi hisobida 16 ta gol bor va bu jahon birinchiliklari tarixidagi mutlaq rekordning takrorlanishidir. Argentina terma jamoasi navbatdagi o'yinini 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: