SportUz.Tv

Eron futbol federaciyasi skrinshot orqali AQSH ustidan kuldi

07.07.2026 17:12    


Rasmni yuklab olish

Eron futbol federaciyasi AQSH terma jamoasining JCH-2026dan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.

Amerikaliklar 1/8 finalda Belgiya tomonidan tor-mor etildi (1:4). Guruh bosqichidan so'ng turnirni tark etgan Eron terma jamoasi esa avvalroq belgiyaliklar bilan durang o'ynagan edi (0:0).

Federaciya saytida ushbu ikki o'yin natijalari aks etgan skrinshot joylashtirildi va unga shunday izoh berildi: "Siyosatning futboldan uchragan sharmandali mag'lubiyatidan so'ng butun dunyo quvonmoqda".

Eslatib o'tamiz, Eron turnirdan chiqib ketganidan so'ng AQSH milliy xavfsizlik vaziri Markveyn Mallin shunday degan edi: "Eron JCH-2026dan chiqib ketganidan xursandman. Ularning vizalarini bekor qilganimizda baxtiyor edim. Quvonchimdan bir-ikkita qo'shiq aytib, raqsga ham tushdim, shekilli".

Eron terma jamoasi turnir davomida cheklovlarga duch keldi. Jamoa Meksikada istiqomat qildi va AQSHga faqat o'yinlar uchun keldi, uchrashuvlar tugashi bilan eronliklar zudlik bilan yana ortga, o'z bazasiga qaytarib yuborildi.

d1ddde4f448848445eb8ef94820ee.jpg



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: