
Tayboks bo'yicha ikki karra jahon chempioni bo'lmish 31 yoshli dog'istonlik Magomed Zaynukov Abu-Dabi shahri mezbonligidagi UFC Fight Night 282 turnirida oktagonga ko'tarildi.
Polsha sharafini himoya qiluvchi Damian Rjepeckiga qarshi jang to'liq 3 raund davom etdi. Yakunda hakamlarning yakdil qarori ila Magomed Zaynukov g'alaba qozondi.
Bu Zaynukovning faoliyatidagi to'qqizinchi jangida qo'lga kiritgan to'qqizinchi g'alabasi edi.
O'zbekistonlik jangchilar ishtirokidagi Octagon 89 turnirining barcha natijalari bir sahifada
UFC Abu-Dhabi turnirining bonus egalari elon qilindi. Ramazon Temirov ro'yxatda bormi?