SportUz.Tv

Messi Argentina terma jamoasining JCH-2026 finalida Ispaniyadan qabul qilgan mag'lubiyati haqida gapirdi

20.07.2026 11:00    


Rasmni yuklab olish

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionati finalida Ispaniyadan qabul qilingan mag'lubiyatga (0:1) munosabat bildirdi.

"Mahzunman, lekin bor kuchimiz bilan harakat qilganimizni tushunib turibman. To'g'risini aytsam, ular yaxshiroq o'yin ko'rsatishdi. Biz yutqazdik va buni tan olamiz. Bu shu vaqtgacha qilgan barcha ishlarimizni unutamiz degani emas, shu bolatdan foydalanib, o'z odamlarimga, futbolchilarimga va butun mamlakatimga minnatdorchilik bildirmoqchiman", — deya Messining so'zlarini "ESPN" nashri keltiradi.

Messi JCH-2026 doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Yakunlangan turnirning eng yaxshi to'purari esa Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe (10 ta gol) bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: