SportUz.Tv

Qozog'istonlik Jahon chempioni Janibek Alimxanuli boshqa vaznga o'tayotganini elon qildi

21.07.2026 16:33    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida (72,6 kg gacha) WBO yo'nalishi bo'yicha Jahon chempioni, qozog'istonlik prof boks ustasi Janibek Alimxanuli (17-0, 12 KO) ikkinchi o'rta vazn toifasiga (76,2 kg gacha) o'tishini malum qildi.

«Biz o'rta vazn toifasini zabt etdik, ikkita Jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritdik, Qozog'iston bayrog'ini baland ko'tardik va qozoq uslubini butun dunyoga tanitdik. Endi yangi chaqiriq vaqti keldi. Ikkinchi o'rta vazn, biz kelyapmiz! Bu divizionda mashhur bokschilar ko'p. Qani, kim bu chaqiriqni qabul qilishga tayyorligini ko'ramiz», — deb yozdi Alimxanuli X ijtimoiy tarmog'ida (avvalgi Twitter).

Malumot uchun, Janibek Alimxanuli 33 yoshda. U 2016 yilda professional boksdagi faoliyatini boshlagan. 2022 yilda o'rta vazn toifasida Jahon chempionligiga erishgan bo'lsa, 2023 yilda birlashtiruvchi Jahon chempioniga aylangan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: