SportUz.Tv

Donald Tramp JCH-2026 yakunlarini sarhisob qildi: "Bu tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop jahon chempionati bo'ldi"

21.07.2026 06:18    


Rasmni yuklab olish

AQSH Prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi jahon chempionatining o'tkazilishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Turnir 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tdi. Finalda Argentinani 1:0 hisobida mag'lub etgan Ispaniya terma jamoasi turnir g'olibiga aylandi.

"Jahon chempionati ulkan muvaffaqiyat bilan o'tdi! Men barcha ishtirokchilarga, ayniqsa, bizning ajoyib huquq-tartibot organlari xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularga bo'lgan hurmat va ularning mamlakatimizga bo'lgan muhabbati ushbu go'zal chempionatni tarixdagi eng xavfsiz va tomoshabop mundialga aylantirdi!

Barcha mutasaddilarga, xususan, AQSH hukumatida ishlovchi yosh va g'ayratli Endryu Julianiga, shuningdek, amalga oshirgan ishlari uchun FIFAning fantastik prezidenti Janni Infantinoga rahmat! Jahon chempionatini hech kim kutmagan darajaga ko'tarib, u erishgan natijalarga juda kam odam erisha oladi. Barchani tabriklayman!" – deb yozdi Tramp.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: