SportUz.Tv

"Manchester Siti"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi malum qilindi

05.09.2026 13:06    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda "shaharliklar"ning rasmiy saytida xabar berilmoqda.

Yarim himoyachi Rayan SHerki avgust oyi yakunlariga ko'ra "Manchester Siti"ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'tgan oyda xavbek "Bornmut"ga qarshi o'yinda (2:1) ikkita golli uzatma berdi va "Kristal Pelas" bilan uchrashuvda (4:1) ikkita gol urdi. SHerkining eng yaqin raqobatchilari Mark Gexi va Yoshko Gvardiol bo'lishdi.

"Manchester Siti" navbatdagi o'yinini APLning 3-turi doirasida bugun, 5 sentyabr kuni o'z maydonida "Koventri Siti"ga qarshi o'tkazadi.

Rayan SHerki 2025 yilning yozidan beri "shaharliklar" safida to'p surib kelmoqda. Xavbekning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 90 mln evroni tashkil etadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: