
Tashkilotdagi debyutini o'z vatandoshlari ko'z o'ngida yorqin o'tkazgan franciyalik engil vaznli jangchi Saladin Parnass yangi zelandiyalik Den Hukerni birinchi raunddayoq nokautga uchratgani uchun 100 ming dollarlik qo'shimcha mukofot pulini qo'lga kiritdi.
Turnirning asosiy kardidagi jang g'olibi, franciyalik Aksel Sola ham o'z vatandoshi Fares Ziamni engil vazn toifasida birinchi raundda muddatidan avval nokautga uchratgani uchun "Kechaning eng yaxshi chiqishi" bonusiga sazovor bo'ldi - 100 000!
Qolgan ikkita 100 ming dollarlik bonus ham tomoshabop nokaut mualliflariga nasib etdi. Ulardan biri portugaliyalik og'ir vaznli jangchi Mario Pinto bo'lib, u murosasiz kechgan bahsda amerikalik Rayan Spennni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi. To'rtinchi bonus esa "Kechaning eng yaxshi chiqishi" nominaciyasida tojikistonlik yarim engil vaznli Muhammad Naimovni jangning uchinchi daqiqasida nokautga uchratgan belgiyalik Loseni Keytaga nasib qildi.
SHuningdek, muddatidan avval g'alaba qozonganlari uchun Kyortis Kempbell, Modestas Bukauskas, Mate Dyuklo va Delfin Benua 25 ming dollarlik qo'shimcha mukofot pullari bilan taqdirlandilar.

Aleksandr Usik qachon rasmiy futbol o'yinida debyut qilishi haqida savolga javob berdi