
Manbaga ko'ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Manchester Siti”, "Nyukasl" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Biroq, “matraschilar” Baenani sotishni rejalashtirmayapti, shuning uchun yanvar oyida bitim juda murakkab hisoblanadi.
Ammo, manba malumotlariga ko'ra, yuqorida sanab o'tilgan barcha klublar hech bo'lmaganda o'z omadini sinab ko'rishga harakat qiladi. Muzokaralar yanvar oyida boshlanishi va transfer faqat kelasi yozda amalga oshirilishi ehtimoldan xoli emas.
Baena Ispaniya La Ligasining yangi mavsumida uchta o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Aleksandr Usik qachon rasmiy futbol o'yinida debyut qilishi haqida savolga javob berdi