
Sloveniya terma jamoasi bilan Evropa va jahon chempionatida qatnashgan ushbu mutaxassis shartnoma imzolash maqsadida bugun tunda yurtimizga etib keladi. Katanecning O'FA rahbariyati bilan uchrashib, shartnoma tuzishdan tashqari keyingi rejalarni hal qilib olishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, 58 yoshli murabbiyning oxirgi ish joyi Iroq terma jamoasi bo'ldi. U iroqliklarni JCH-2022 saralash bahslarida uchinchi bosqichga olib chiqdi va shu yilning boshidan beri maosh olmagani bois majburan o'z lavozimini tark etdi. Srechko Katanec endilikda O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqaradi.
Nursulton Ro'ziboev yorqin g'alabaga erishgan UFC Baku turnirining barcha natijalari bitta sahifada
Fiziev ishtirokidagi UFC Fight Night 280 turnirining markaziy jangi ham muddatidan avval tugadi