
Musobaqaning markaziy jangida hamyurtimiz Odilxon Kamolov Tojikiston vakili Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) bilan to'qnash keldi. Jang ikki sportchi uchun trilogiya maqomida o'tdi.
Ikkinchi asosiy bahsda esa yana bir yurtdoshimiz Bobur Abdulazizov qozog'istonlik Nurjan Akishev bilan bellashdi.
SHuningdek, turnir asosiy kardi doirasida Og'abek "Saturn" Abdumo'minov qozog'istonlik Aktilek Jolshibekov bilan, Samandar Reimbaev esa Ozarbayjon sharafini himoya qiluvchi Muhammadali Nurusov bilan jang qildi.
Mazkur sahifa orqali turnirda ishtirok etayotgan vakillarimizning jang natijalaridan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi.
Interim BMF kamari uchun: Odilxon Kamolov (O'zbekiston, 10-5-1) - Qamariddin "Kamil Karate" Hasanov (Tojikiston, 9-4-1), (Jang durang bilan yakunlandi);
Oraliq vaznda: Bobur Abdulazizov (O'zbekiston, 24-12) - Nurjan Akishev (Qozog'iston, 17-6-1), (1-raundda KO-TKO orqali);
Yarim engil vaznda: Og'abek "Saturn" Abdumo'minov (O'zbekiston, 6-1) - Aktilek Jolshibekov (Qozog'iston, 1-1), (1-raundda sabmishen orqali);
Engil vaznda: Muhamedali Nurusov (Ozarbayjon, 2-2) - Samandar Reimbaev (O'zbekiston, 3-2), (1-raundda KO-TKO orqali);
Engil vaznda: Izzatillo Qodirov (O'zbekiston, 4-2) - Tazabek Bayanov (Qozog'iston, 6-0), (1-raundda sabmishen orqali);
Yarim engil vaznda: Eziz Durduev (Turkmaniston, 1-2) - Bobirjon Isroilov (O'zbekiston, 2-1), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Og'ir vaznda: Karim Yusupov (Qirg'iziston, 1-1) - Nurulloxon Abdullaev (O'zbekiston, 4-0), (3-raundda KO-TKO orqali);
Yarim o'rta vaznda: Jamshid Sayfutdinov (O'zbekiston, 1-1) - Nurkanat Sag'atbek (Qozog'iston, 4-0), (1-raundda KO-TKO orqali).
Nursulton Ro'ziboev yorqin g'alabaga erishgan UFC Baku turnirining barcha natijalari bitta sahifada
Fiziev ishtirokidagi UFC Fight Night 280 turnirining markaziy jangi ham muddatidan avval tugadi