
O'yinning 25-daqiqasida Depay hisobni ochdi. U penaltidan gol urdi. Bu Memfis uchun terma jamoa safidagi 36-gol bo'ldi. 54-daqiqada esa u terma jamoasi uchun 37-golini urdi.
27 yoshli futbolchi bu orqali Rud van Nistelroyni (35) ortda qoldirdi. Endi Depay o'z mamlakati terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida Aren Robben va Dennis Bergkamp bilan birga 4-o'rinni egallab turibdi.
Undan Patrik Klyuvert (40), Klas-Yan Xuntelar (42) va Robin van Persi (50) kabi futbolchilar ko'p gol urishgan.
"SHunday deyishdi". Arman Carukyan UFC kamari uchun navbatdagi davogar bo'lishini aytdi
"Bunday urush paytida Oq uyda UFC turniri o'tkazish g'alati" - amerikalik tahlilchi