SportUz.Tv

Ulug'bek Sobirov WBA Asia kamari uchun rossiyalik bokschi bilan jang qildi

13.03.2026 17:21    


Rasmni yuklab olish

Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida IBA.Pro 15 musobaqasi bo'lib o'tdi.

Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida super o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Ulug'bek Sobirov ringga ko'tarildi.

"KSK Arena" majmusida tashkil etilgan turnir doirasida Ulug'bekga Serbiya vakili Vladimir Mironchikov raqib bo'ldi. Super o'rta vazn toifasida WBA Asia kamari uchun o'tkazilgan jangda Mironchikov hamyurtimizni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi va titulni qo'lga kiritdi.

Endilikda Ulug'bek Sobirov hisobida 17 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat mavjud. Vladimir Mironchikov esa kecha o'zining mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi: 8-0-0.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: